KONUSLI MAYDALAGICH ENERGIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISH MEZONLARI
J.S. Olimov
Navoiy Davlat Konchilik va Texnologiyalar Universiteti
Abstract
Annotatsiya. Tog‘-kon va qurilish sanoatida mineral xom ashyoni maydalash va yanchish jarayonlari keng tarqalgan, hamda elektr energiyani ko‘p talab qiladigan texnologik jarayonlar bo‘lib, tog‘-kon sanoati korxonalarida iste’mol qiladigan elektr energiyasining 20% ga yaqinini tashkil qiladi. Hozirgi vaqtda maydalash jarayonlari eng ko‘p energiya talab qiladigan operatsiyalardan biri bo‘lib, qayta ishlash korxonalarining umumiy energiya resurslarining 50-60% dan ko‘prog‘ini tashkil qiladi. Shu sababli, ruda tayyorlash jarayoni va rivojlanish tendentsiyasida energiya samaradorligini oshirish uchun uskunalar tanlash, katta birlik quvvatga ega yuqori unumli uskunalardan foydalanish, maydalash jarayonlarini kuchaytirish va texnik echimlarni ishlab chiqish dolzarbdir. Shu sababli, konusli maydalagich asosiy parametrlari (eksentrik og‘ish burchagi, konus aylanish tezligi va yuklama) dan foydalangan holda experimental tajribalar o‘tgazildi va optimal ish jarayoni va energiya samaradorligiga erishish asosiy ustuvor vazifalari belgilandi.
Kalit so‘zlar: jag‘li, bolg‘ali va konusli maydalagichlar, elektr yuritmalar, elektr dvigatelining quvvati, ezuvchi konusning taglik diametric, ochiq tomonda qabul qiluvchi teshikning kengligi, ishchi quvvat, gidro metalurgiya, faza rotorli asinxron motor, rudaning qattiqligi, elektr yuritma, stator tok, aylanish tezligi, reaktiv quvvat, yuklama darajasi.
References
1. Ibodullayev M.I,Tovboyev A.N., Yesenbekov A.K., Nazarov A.I. Avtoparametrik tebranishlarni tahlil qilishda chastota-energiya munosabatlari // «O'zbekiston Konchilik xabarnomasi» ilmiy-texnik va ishlab chiqarish jurnali. – Navoiy, 2017. № 2. 165-167 betlar.
2. Tovboyev A.N., Norqulov A.O., Tog‘ayev I.B. The equation of motion of subgarmonic fluctuations in three-phase chains with three-phase ferromagnetic elements. International Journal of Advanced Studies in science, technology and technology. -India, copyright to the IJARSET volume 6. No. 10. October 2019, ppt. 11207-11210.
