KOMBINATSIYALANGAN SHARLI ISHLOV BERISH JARAYONIDA SIRT QATLAMIDA QOLDIQ KUCHLANISHLAR VA TUZILMA O‘ZGARISHlARINING SHAKLLANISHI

Turaev Tikash

Farg‘ona davlat texnik universiteti

Maxamadov Inomjon Mamurjon o‘g‘li

Farg‘ona davlat texnik universiteti


Abstract

Annotatsiya

Mazkur ishda mashina detallarining sirt qatlamida kombinasiyalangan sharli ishlov berish natijasida yuzaga keladigan mexanik kuchlanishlar va mikrostruk-turaviy o‘zgarishlar tahlil qilingan.Tadqiqotda po‘lat va shisha sharlarning ketma-ket ta’siri asosidagi mexanik ishlov jarayoni ko‘rib chiqilgan bo‘lib, bu usul issiqlik energiyasini qo‘llamasdan materialni plastiklik deformatsiyaga keltiradi hamda sirtning silliqligi va qattiqligini oshiradi.

Natijalar shuni ko‘rsatdiki, bunday ishlov berish sirt qatlamida siquvchi qoldiq kuchlanishlar hosil qiladi, bu esa detallar charchoqqa bardoshliligini, aşinishga (ishqalanishga) chidamliligini sezilarli darajada yaxshilaydi.

Ishlov rejimlari — xususan, bosim va tezlik parametrlarini optimallashtirish orqali — sirtning subdonali tuzilmasini shakllantirish mumkinligi aniqlangan.Tahlillar natijasida kombinatsiyalangan sharli ishlov berish energiya tejamkor, ekologik xavfsiz va sirtning mustahkamligini oshiruvchi samarali texnologiya sifatida baholandi.

 Kalit so‘zlar: sirt qatlam, qoldiq kuchlanishlar, mikrostrukturaviy o‘zgarishlar, kombinatsiyalangan sharli ishlov, plastiklik deformatsiya, sirt mustahkamlash, po‘lat shar, shisha shar, energiya tejamkor texnologiya.

Abstract

This work analyzes the mechanical stresses and microstructural changes that occur in the surface layer of machine parts as a result of combined ball machining. The study considers a mechanical machining process based on the sequential action of steel and glass balls, which, without the use of thermal energy, plastically deforms the material and increases the smoothness and hardness of the surface.


References

1. Raximos A. S “ Metallarga mexanik ishlov berish texnologiyasi”

2. Tojiyev A. A “ Mashinasozlik materialshunosligi “

3. Abdullayev R. A “ Sirtni mustahkamlash texnologiyasi “

4. Qodirov Sh.M “ Metal va qotishmalarga ishlov berish “