KONUSLI MAYDALAGICHNING ENERGIYA SAMARADORLIGINI BAHOLASHDA FUNKSIONAL SXEMASINI NAZARIY TAHLILI

J.S. Olimov

Navoiy Davlat Konchilik va Texnologiyalar Universiteti


Abstract

Annotatsiya. Konchilik tarmoqlarida rudani maydalash jarayoni — mineral xomashyoni qayta ishlashdagi eng muhim hamda eng ko‘p energiya va xarajat talab etuvchi bosqichlardan biridir. Ushbu jarayonni to‘g‘ri boshqarish sifati nafaqat foydali qazilmalarni qayta ishlash samaradorligiga, balki keyingi ishlab chiqarish bosqichlarida, ayniqsa, energiya sarfi yuqori bo‘lgan maydalash jarayonlarida umumiy energiya iste’mol darajasiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Ezilgan rudaning zarracha o‘lchami keyingi yanchish tegirmonlarining quvvat sarfiga bevosita ta’sir qiladi. Rudani maydalashda konusli maydalagichlardan foydalaniladi, va bu jarayon ko‘plab texnologik parametrlar bilan tavsiflanadi. Konusli maydalagich — ko‘p kirishli va ko‘p chiqishli tizim bo‘lib, kirish va chiqish orasidagi murakkab o‘zaro bog‘liqliklar tufayli, uning samarali ishlashini nazorat qilish uchun maydalagichning barqaror holatini to‘g‘ri ifodalovchi matematik modelni ishlab chiqish juda muhim ahamiyatga ega.

Kalit so‘zlar: funksional sxema, mahsuldorlik, rudaning yuklanish miqdori, mexanik yuklanish, dinamik maydalash, yuklash moduli, granulometriya, integratsiyalashgan o‘lchov–boshqaruv tizimi, konusning aylanish chastotasi.


References

1. Савина Н.В., Мясоэдов Ю.В. Систематические исследования потер электроэнергии пръи работе распределителних электрических сетей // Вестник. –Москва.: ИрГТУ, 2012. № 1. – 148 с.

2. Mavlonov J.A., Mardonov D.Sh. “Rudani yanchuvchi tegirmonlarni elektr energiya samaradorligini oshirish usullari” // «O‘zbekiston Konchilik xabarnomasi» ilmiy-texnik va ishlab chiqarish jurnali.– Navoiy, 2022. № 3.102-104 betlar.