SHAHARLARDA SO‘NGGI MILYA YUK TASHISH LOGISTIKASINI VRP ALGORITMI VA IoT TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA OPTIMALLASHTIRISH

S.U.Xujamqulov

Farg‘ona davlat texnika universiteti


Abstract

Annotatsiya: Ushbu tadqiqot shaharlardagi so‘nggi milya yuk tashish logistikasini (last-mile delivery) samarali tashkil etish muammosiga bag'ishlangan bo‘lib, transport marshrutlarini Kapasitetli Vaqt Oynali Avtomobil Marshrutlash Masalasi (CVRPTW) va Ant Colony Optimization (ACO) metaevristik algoritmi yordamida optimallashtirish metodikasini ishlab chiqishni maqsad qiladi. Tadqiqotda IoT sensorlari va GPS qurilmalaridan MQTT protokoli orqali real vaqt ma'lumotlarini to‘plash, tumanli hisoblash (fog computing) qatlami orqali qayta ishlash va Python/OR-Tools asosidagi optimizatsiya mexanizmiga uzatishning uch qatlamli arxitekturasi taklif etilmoqda. Mavjud adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, IoT va GPS ma'lumotlarini real vaqt rejimida optimizatsiya tizimiga ulash transport xarajatlarini 18–25% gacha, yoqilg'i sarfi va CO₂ emissiyasini esa 15–20% gacha qisqartirishga imkon yaratadi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi shundan iboratki, birinchi marta O‘zbekiston shaharlari sharoitini inobatga olgan holda CVRPTW masalasini ACO metaevristikasi va LSTM asosidagi talab bashorat modeli bilan birlashtirgan gibrid optimizatsiya metodikasi, shuningdek IoT/GPS tizimini marshrut optimallashtirish platformasiga integratsiyalash arxitekturasi ishlab chiqilishi rejalashtirilmoqda.

Kalit so‘zlar: so‘nggi milya logistikasi, Vehicle Routing Problem (VRP), CVRPTW, Ant Colony Optimization, IoT monitoring, GPS tracking, marshrut optimallashtirish, yashil logistika, transport samaradorligi.


References

1. Boysen N., Fedtke S., Schwerdfeger S. (2021). Last-mile delivery concepts: a survey from an operational research perspective. OR Spectrum, 43(1), 1–58.

2. Toth P., Vigo D. (Eds.) (2014). Vehicle Routing: Problems, Methods, and Applications. 2nd ed. Philadelphia: SIAM.

3. Alam M.N., Islam R., Uddin J. (2023). Real-time dynamic vehicle routing using IoT and GPS data for urban last-mile logistics. Computers & Industrial Engineering, 176, 108953.

4. Lim S.F., Jin X., Srai J.S. (2022). Consumer-driven e-commerce: a literature review, design framework, and research agenda on last-mile logistics. International Journal of Physical Distribution & Logistics Management, 48(3), 308–332.

5. Dorigo M., Gambardella L.M. (1997). Ant colony system: a cooperative learning approach to the traveling salesman problem. IEEE Transactions on Evolutionary Computation, 1(1), 53–66.

6. Statista Research Department (2023). Last-mile delivery market — global share of logistics costs. Hamburg: Statista GmbH.

7. Google OR-Tools Documentation (2024). Vehicle Routing. https://developers.google.com/optimization/routing

Most read articles by the same author(s)