ICHKI YONUV DVIGATELLARINIG CHIQINDI GAZLAR MIQDORI VA ULARNI KAMAYTIRISH YO‘LLARI
Moydinov Dilyorbek Abidjanovich
Andijon Davlat Texnika instituti
Turkmanov Mehroj Elmurot o‘g‘li
Andijon Davlat Texnika instituti
Abstract
Annotatsiya: Ushbu diplom ishida ichki yonuv dvigatellaridan chiqadigan zararli gazlar miqdori hamda ularning atrof-muhitga ta’siri o‘rganiladi. Tadqiqot davomida dvigatel ishlashi natijasida hosil bo‘ladigan asosiy chiqindi gazlar, jumladan uglerod oksidi (CO), azot oksidlari (NOx), uglevodorodlar (HC) va karbonat angidrid (CO₂) ning paydo bo‘lish sabablari tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu gazlarning inson salomatligiga hamda ekologik muhitga salbiy ta’siri yoritiladi. Ishda ichki yonuv dvigatellaridan chiqadigan zararli gazlar miqdorini kamaytirishning zamonaviy usullari, xususan katalitik neytrallagichlardan foydalanish, dvigatelni to‘g‘ri sozlash, yoqilg‘i sifatini oshirish va ekologik toza texnologiyalarni qo‘llash masalalari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari transport vositalarining atrof-muhitga zararli ta’sirini kamaytirish hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Kalit so‘zlar: ichki yonuv dvigateli, chiqindi gazlar, ekologiya, uglerod oksidi, azot oksidlari, uglevodorodlar, katalitik neytrallagich, atmosferaning ifloslanishi.
Abstract: This thesis studies the amount of harmful gases emitted by internal combustion engines and their impact on the environment. During the study, the causes of the main exhaust gases formed as a result of engine operation, including carbon monoxide (CO), nitrogen oxides (NOx), hydrocarbons (HC) and carbon dioxide (CO2), are analyzed. The negative impact of these gases on human health and the environment is also highlighted. The work considers modern methods for reducing the amount of harmful gases emitted by internal combustion engines, in particular, the use of catalytic converters, proper engine tuning, improving fuel quality and the use of environmentally friendly technologies. The results of the study are important in reducing the harmful impact of vehicles on the environment and ensuring environmental safety.
Keywords: internal combustion engine, exhaust gases, ecology, carbon monoxide, nitrogen oxides, hydrocarbons, catalytic converter, atmospheric pollution.
References
1. Karimov, A., & Qodirov, S. “Ichki yonuv dvigatellari.” – Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti, [2019.]
2. To‘xtayev, R. “Avtomobillar nazariyasi va ekspluatatsiyasi.” – Toshkent: Oliy ta’lim, [2021].
3. Mamatqulov, B. “Avtomobillarning ekologik xavfsizligi.” – Andijon: AndMI nashriyoti, [2020].
4. Internal Combustion Engine Fundamentals. John B. Heywood. – McGraw-Hill Education, [2018].
5. Texnik va ta'mirlash qo'llanma.- Moskva: nashriyot Uyiuchinchi Rim, 2003.192 p.
