Multimodal matnlarni tanlash va dalillarga asoslangan oʻquv topshiriqlari metodikasini ishlab chiqish
G‘ofurova Dilshodaxon Toxirjon qizi
Farg‘ona davlat universiteti
Abstract
Mazkur tadqiqotda multimodal matnlarni ta’lim jarayonida tanlash, tahlil qilish va ulardan samarali foydalanish asosida dalillarga asoslangan o‘quv topshiriqlarini ishlab chiqish metodikasi yoritiladi. Multimodal matnlarning verbal, vizual, grafik, audio va boshqa axborot komponentlarini o‘zaro bog‘liq holda qabul qilish hamda tahlil qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, bilim darajasi, o‘quv maqsadi va matnning mazmuniy murakkabligi asosida multimodal materiallarni tanlash mezonlari belgilab beriladi. Shuningdek, matndan aniq dalillarni topish, ularni izohlash, taqqoslash, xulosa chiqarish va o‘z fikrini dalillar bilan asoslashga yo‘naltirilgan o‘quv topshiriqlarini yaratish bosqichlari taklif etiladi. Mazkur metodika o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash, axborotni tahlil qilish, dalillardan foydalanish va multimodal savodxonlik kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar. multimodal matn, multimodal savodxonlik, dalil, dalillarga asoslangan ta’lim, o‘quv topshirig‘i, matn tahlili, tanqidiy fikrlash, axborot tahlili, vizual axborot, o‘quv metodikasi, kompetensiya, ta’lim texnologiyasi.
References
1. Kress, G., van Leeuwen, T. Reading Images: The Grammar of Visual Design // Visual Communication. — 2006.
2. Mayer, R. E. Cognitive Theory of Multimedia Learning // The Cambridge Handbook of Multimedia Learning. — Cambridge: Cambridge University Press, 2021.
3. Кузнецов, И. Н. Доказательность и аргументация в образовательном процессе // Высшее образование сегодня. — 2017. — № 6. — С. 45–50.
4. Yo‘ldoshev, J. G‘. Ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish // Pedagogik ta’lim. — 2004. — № 3. — B. 18–24.
5. Серикбаева, А. М. Мультимодальный подход в современном образовательном процессе // Научный журнал «Молодой учёный». — 2019. — № 42. — С. 287–289.
