In vitro sharoitida anaplastik astrositoma to‘qimalariga gamma nurlanish dozalarining nekroz jarayoniga ta’siri

A.A. Kim

O‘zbekiston fanlar akademiyasi, Yadro fizikasi instituti

G.A. Kulabdullayev

O‘zbekiston fanlar akademiyasi, Yadro fizikasi instituti

G.A. Abdullayeva

O‘zbekiston fanlar akademiyasi, Yadro fizikasi instituti

G.M. Rahmatullayeva

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti


Abstract

Ushbu tadqiqotda gamma-nurlanishning anaplastik astrositoma to‘qimalariga destruktiv ta’siri va uning doza miqdoriga bog‘liqligi eksperimental jihatdan o‘rganildi. Tadqiqotning maqsadi in vitro sharoitida turli dozalardagi gamma-nurlanish ta’sirida glial o‘sma to‘qimalarida yuzaga keladigan nekrotik o‘zgarishlarni miqdoriy baholash hamda individual radiosezgirlik xususiyatlarini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda 39 nafar bemordan olingan biopsiya namunalari Co-60 manbasidan 5, 10 va 15 Gy dozalarda nurlantirildi. Nurlanishdan keyin to‘qimalardagi nekroz darajasi gistologik va sitologik usullar yordamida tahlil qilindi. Natijalarga ko‘ra, 5 Gy dozada o‘rtacha nekroz ulushi 12,4 %, 10 Gy dozada 35,7 % va 15 Gy dozada 62,1 % ni tashkil etdi. Gistologik kuzatuvlar nurlanish dozasi ortishi bilan nekroz maydonlari kengayishi va to‘qima strukturasining buzilishi kuchayishini ko‘rsatdi. Doza va nekroz darajasi o‘rtasida yuqori darajadagi bog‘liqlik (R² = 0,98) qayd etildi. Ayrim namunalarda yuqori dozalarda ham nekroz darajasining nisbatan pastligi radiorezistentlik mavjudligini ko‘rsatdi. Olingan natijalar glial o‘smalarning radiatsiyaga individual javobini baholash va radioterapiya samaradorligini o‘rganish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Kalit so‘zlar: anaplastik astrositoma, glial o‘sma, gamma-nurlanish, radioterapiya, Co-60, nurlanish dozasi, nekroz, radiosezgirlik, radiorezistentlik, gistologik tahlil, in vitro tadqiqot


References

1. Ким А.А., Кулабдуллаев Г.А., Джураева Г.Т., Кадырбеков Н.Р., Бекназаров Х.Ж., Кадырбеков Р.Т., Ахмедиев М.М. Разработка метода оценки чувствительности ткани анапластических астроцитом к гамма-облучению в условиях in vitro. Вестник Ташкентской медицинской академии. Научно-практический журнал. 2022, №7, с.114-119

2. Кадырбеков Р.Т., Ахмедиев М.М., Кадырбеков Н.Р., Ким А.А., Кулабдуллаев Г.А. Радиочувствительность анапластической астроцитомы головного мозга человека к гамма излучению в эксперименте. Journal of modern medicine №4 (11), 2025, c.557-565