KF301 5LN LAZERLI STANOGIDA SHAKLDOR YUZALARGA SO’NGI ISHLOV BERISH: EKSPERIMENT UCHUN DASTLABKI TEXNOLOGIK PARAMETRLARNI ANALITIK HISOB-KITOB VA ILMIY ASOSLASH ORQALI ANIQLASH
Tursunov Shovkat Talibovich
Farg‘ona davlat texnika universiteti
Alijonov Qobiljon Qodirali o‘g‘li
Farg‘ona davlat texnika universiteti
Keywords: dastlabki parametrlar, lazer quvvati, skanerlash tezligi, impuls chastotasi, qator ozi, gaz bosimi, ablatsiya chegarasi, Neff, Rascallop, pilot tajriba, KF301 5LN, parametrlar oynasi.
Abstract
Ushbu maqolada KF301 5LN 5 o‘qli lazerli stanogda R6M5, VK8 va VT6 materiallaridan yasalgan toroidal shakldor yuzalarga so‘nggi ishlov berish eksperimenti uchun dastlabki texnologik parametrlarni aniqlashning to‘liq analitik metodikasi taqdim etiladi. Lazer quvvati P, skanerlash tezligi v, impuls chastotasi f, qator ozi η va gaz bosimi pg uchun minimal, maksimal va markaziy (nominal) qiymatlar Beer-Lambert ablatsiya modeli, Fourier issiqlik tarqalishi, Neff kumulyativ ta'sir va Rascallop yuzaning g‘adir-budurligi hisob-kitob formulalari asosida miqdoriy aniqlanadi. Har bir parametr uchun alohida asoslash: fizik chegaralar, stanog texnik chegaralari va adabiyotlardagi analog tajribalar ma’lumotlari uch tomonlama tekshiruv sifatida qo‘llaniladi. Natijada Taguchi L9 tajriba rejasi uchun tayyor parametrlar jadvali va 5 ta pilot sinov protokoli taqdim etiladi.
References
1. Steen W.M., Mazumder J. Laser Material Processing. 4th ed. — London: Springer, 2010. — 558 p.
2. Chryssolouris G. Laser Machining: Theory and Practice. — New York: Springer, 1991. — 232 p.
3. Dubey A.K., Yadava V. Laser beam machining — A review // Int. J. Mach. Tools Manuf. — 2008. — Vol. 48(6). — P. 609–628.
